Sevimli

Markaziy bank yangi namunadagi tangalarni chiqaradi

Iqtisodiyot 17.03.2018, 19:12
Markaziy bank yangi namunadagi tangalarni chiqaradi

Oliy Majlis Senati Kengashi Markaziy bankning yangi tangalar chiqarish to`g`risidagi taklifini, shuningdek ularning namunalari va dizaynini ma`qulladi, deb yozadi Norma.uz

Oliy Majlis Senatining axborotiga ko`ra yaqin orada qiymati 50 (ellik), 100 (yuz), 200 (ikki yuz) va 500 (besh yuz) so`mlik tangalar muomalaga chiqariladi.

Ilgari Xalqaro press-klub yig`ilishlarida Markaziy bank vakillari yangi tangalar chiqarilishi haqida xabar berar edilar. Ularning muomalaga kiritilishi eskirgan kupyuralarni yangilashga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.

Шарҳлар