Sevimli

Tokioda O`zbekiston savdo uyi ochiladi

Iqtisodiyot 23.03.2018, 09:32
Tokioda O`zbekiston savdo uyi ochiladi

Tokioda 2018 yil o`rtalarida milliy mahsulotlar muntazam namoyish qilinuvchi O`zbekiston savdo uyi ochiladi, deb xabar berdi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Bu haqdagi kelishuvga O`zbekiston delegasiyasining Tokioda bo`lib o`tgan "O`zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning yangi trendlari" investision forumi davomida erishildi.

UzTrade kompaniyasi va Yaponiyaning Meiko Corporations kompaniyasi ushbu loyiha hamkorlari hisoblanadi. Ular ushbu mamlakatda o`zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari namunalarini namoyish etishni rejalashtirishgan.

Dastlabki bosqich yakuniga etishi bilan savdo uyiga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari sinov tarzida etkazib berilishi boshlanadi.

Bugungi kunda Yaponiya O`zbekiston iqtisodiyotidagi yirik investorlardan biri hisoblanadi. Respublikaga taqdim etilgan sarmoya miqdori 4,1 milliard dollardan oshdi.

O`zbekistonda Yaponiyaning o`ndan ortiq kompaniyalari vakolatxonalari va Isuzu, Itochu, Toyota Tsusho, Marubeni, Mitsubishi, JOGMEC kabi kompaniyalar bilan tashkil etilgan qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda.

Шарҳлар