O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalomov boshchiligidagi delegasiya 2018 yil 25 mart kuni Turkmaniston Majlis deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston delegasiyasidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolari, shuningdek, Turkmaniston bilan chegaradosh Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati vakillari o`rin olgan.
O`zbekistonning xalqaro kuzatuvchilari MDH va ShHT missiyalari tarkiblarida saylovda ishtirok etishi kutilmoqda.