my5

O`zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo`linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to`g`risidagi kelishuvga qo`shildi

Siyosat 23.03.2018, 11:44
965
O`zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo`linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to`g`risidagi kelishuvga qo`shildi

Qarorga asosan O`zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo`linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to`g`risidagi kelishuv (Ashxobod, 05.12.2012 y.) va mazkur kelushuvga o`zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga (Minsk, 10.10.2014 y.) qo`shildi.

Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali xabar beradi.

Mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirilishiga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti mas`ul etib belgilanmoqda.

Mazkur Kengashning asosiy vazifalaridan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas`ul bo`lgan MDH davlatlarining tegishli tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borishi hisoblanadi.

Шарҳлар