Mongoliya prezidenti farmoni bilan Mongoliyaning O`zbekistondagi faxriy konsuli Abdug`afur Rahimov mongol-o`zbek munosabatlarini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun "Do`stlik" medali bilan mukofotlandi. Bu haqda Mongoliyaning Montsame axborot agentligi xabar berdi.
Medalni konsulga Mongoliya prezidenti shtabi boshlig`i Z. Enxbold topshirdi.
Xabarda aytilishicha, Abdug`afur Rahimov 2006 yildan buyon konsulxonaga rahbarlik qiladi. U Mongoliya va O`zbekistonning biznes, sport va san`at sohasidagi vakillarining o`zaro tashriflarini tashkil etishda muhim rolni bajargan.