Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo`jaev Rossiya Federasiyasi Aloqa va ommaviy kommunikasiyalar vaziri o`rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi. Unda, shuningdek, RFning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda RF Prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakatning axborot-texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar raqamli iqtisodiyot, AKT mutaxassislarini tayyorlash, texnoparklarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha mutaxassislar malakasini oshirish, pochta aloqasini rivojlantirish, raqamli televidenieni rivojlantirish va boshqa muhim yo`nalishlarni ko`rib chiqishdi.
Muzokaralar yakunida mamlakatlar o`zaro hamkorlikka qiziqish bildirishdi. Barcha ko`tarilgan masalalar va qisqa muddatda ikki tomonning ishchi guruhlarini shakllantirish bo`yicha kelishuvga erishildi.