O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani 2018 yil 26 mart kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi. Bu xaqda O`zA xabar berdi.
Ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so`zga chiqadi.
Tashrif dasturida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Afg`oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani muzokara o`tkazishi ham ko`zda tutilgan.