my5

AQSh davlat kotibi o`rinbosari O`zbekistonga keladi

Siyosat 24.03.2018, 08:24
1311
AQSh davlat kotibi o`rinbosari O`zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennon 25-27 mart kunlari O`zbekistonda bo`ladi hamda prezident Shavkat Mirziyoev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan olib borilayotgan islohotlar jarayonini muhokama qiladi, deyiladi AQSh davlat departamenti matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, u 26-27 mart kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegasiyasiga boshchilik qiladi

O`zbekiston TIVning ma`lumot berishicha, Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun EI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham anjumanda ishtirok etadi.

Шарҳлар