my5

Toshkent konferensiyasi doirasida ilk bor “Markaziy Osiyo + Afg`oniston” formatiga asos solinadi

Siyosat 25.03.2018, 18:53
1074
Toshkent konferensiyasi doirasida ilk bor “Markaziy Osiyo + Afg`oniston” formatiga asos solinadi

Bu fikrni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo`raev Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferensiyasi matbuot markazida O`zbekiston bilan Afg`oniston o`rtasidagi madaniy-gumanitar va ta`lim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokamasiga bag`ishlab o`tkazilgan sessiya yig`ilishida bildirdi.

– Nufuzli Toshkent xalqaro konferensiyasi qo`shni Afg`onistonni jahon hamjamiyati va Markaziy Osiyoda yuz berayotgan faol jarayonlarga keng jalb qilishi kutilmoqda. Shu maqsadda anjuman arafasida mintaqaviy hamkorlikning yangi shakli sifatida “Markaziy Osiyo + Afg`oniston” (C5+1) birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Mazkur format Afg`onistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimining muvaffaqiyatli integrasiyasi, mintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi, – dedi u.

Ma`lumot o`rnida, Afg`oniston bo`yicha nufuzli konferensiya yakunida Toshkent deklarasiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Unda Afg`onistonda tinchlik o`rnatish va barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish, afg`on xalqining mintaqa hamda butun dunyodagi ijobiy jarayonlarga jalb qilinishini ta`minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar aks etishi aytilmoqda.

Шарҳлар