sevimli
Sevimli

O`zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Iqtisodiyot 26.03.2018, 16:22
O`zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Markaziy bank 27 martdan e`tiboran xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko`ra, AQSh dollari 3.21 so`mga pasaydi va 8114.86 ni tashkil qildi. 1 evro esa 10039.70 so`mdan iborat bo`ldi, ya`ni 2.52 so`mga qimmatladi.

Rossiya rubli esa 0.64 so`mga kamaydi hamda 142.21 so`mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Шарҳлар