12 iyun kuni Braziliya futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. To`rt yil avval kabi ushbu musobaqada yurtimiz sharafini faqatgina Ravshan Ermatov himoya qiladi.
Ermatov JAR maydonlarida o`tkazilgan jahon chempionatida 5 ta uchrashuvni boshqargan. Shu qatorda jahon chempionatining ilk uchrashuvini boshqarish ham unga ishonib topshirilgan edi.
2 kundan so`ng Braziliyada boshlanadigan mundialda ham FIFA Ravshan Ermatov va uning brigadasiga ishonch bildirmoqda.
FIFA o`zining youtube’dagi kanalida hakamlarni tanishtirib chiqdi. Ular orasida Ravshan Ermatov ham bor. Qisqa intervyu davomida Ermatov faoliyati haqida so`zlab bergan.