Ташкент +4° Fri 01:39
Долзарб мавзулар Foto

Silikon vodiysida “Uzbekistan Work Space” hududi ochiladi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 28.03.2018, 11:17

Endi AQShning Openbuck kompaniyasi asoschisi Mark Rochman Silikon vodiysida O`zbekiston axborot texnologiyalari manfaatlarini himoya qiladi. Amerikalik biznesmen, elektron tijorat sohasi ekspertining O`zbekistonga 9 kunlik tashrifi davomida ushbu masala bo`yicha kelishuvga erishildi. Mark Rochmanga maxsus sertifikat bilan tasdiqlangan Silikon vodiysi va jahon axborot texnologiyalari hamjamiyatida MUIC elchisi maqomi berildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tashrif davomida mutaxassis O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, davlat axborot tizimlarini yaratish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha Yagona integrator, Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center innovasiya markazi hamda qator mahalliy kompaniyalarda bo`ldi. Mamlakatimiz mutaxassislari bilan suhbatda ekspert axborot texnologiyalari sohasini yanada taraqqiy ettirish bo`yicha yurtimizda mavjud imkoniyatlardan foydalanishga doir shaxsiy tajribasi, kuzatuvlari va g`oyalari bilan o`rtoqlashdi.

Silicon Valley Talks loyihasi doirasida Mark Rochman Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqanddagi filiali talabalariga ma`ruzalar o`qidi. O`zbekistondagi yuzlab bo`lajak IT-sohasi mutaxassislari xorijlik ekspertga o`zlarini qiziqtirgan savollarni berish va innovasion g`oyalarini amalga oshirishga oid fikrini bilish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Shuningdek, mehmon Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center innovasiya markazining Silikon vodiysi va jahon IT-hamjamiyatidagi elchisi sifatida MUIC vakillarini AQShda qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Tez orada kompaniyaning Kaliforniyadagi ofisida Uzbekistan Work Space hududi ish boshlaydi, o`zbekistonlik mutaxassislar Silikon vodiysiga xizmat safari doirasida bu erda ishlash imkoniyatiga ham ega bo`ladi. Shuningdek, biznesmen Openbuck kompaniyasi hamkorlari va mijozlaridan iborat xorijiy kompaniyalarni O`zbekistonda ishlashga jalb qilish, O`zbekistonni xalqaro to`lov tizimlari va savdo maydonchalarining ruxsat etilgan ro`yxatiga kiritishda yordam ko`rsatishni rejalashtirmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA