O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov FIFAning maxsus «Xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Ayni kunlarda Braziliyaning San-Paulu shahrida davom etayotgan 64-FIFA Kongressida ishtirok etayotgan O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov futbolni rivojlantirishdagi xissasi uchun FIFA prezidenti Zepp Blatter tomonida «Xizmatlari uchun» oredni bilan taqdirlandi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma`lumot uchun, mazkur orden har yili bir marta o`tkaziladigan FIFA kongressida futbol rivoji uchun salmoqli hissa qo`shgan kishililarga beriladi.