my5
Sevimli

Odil Ahmedov «Krasnodar» bilan shartnoma imzoladi

Sport 12.06.2014, 09:11
Odil Ahmedov «Krasnodar» bilan shartnoma imzoladi

Hamyurtimiz Odil Ahmedov rasman “Krasnodar” klubi futbolchisiga aylandi.

Maxachqal`aliklarning bosh direktori Magomed Isaev Ahmedov va Burmistrovning transferi haqida rasman e`lon qildi.

“Biz Ahmedova va Burmistrovning transferi haqida kelishuvga erishdik”, - deydi Isaev. Ma`lumotlarga ko`ra, Ahmedov "Krasnodar" bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. O`tgan mavsumda Odil Ahmedov Rossiya Premer-ligasi va Evropa Ligasida 34ta o`yinda maydonga tushib, 1ta gol kiritgan.

Eslatib o`tamiz, “Krasnodar” klubi o`tgan mavsum yakunlariga ko`ra Premer-ligada 6-o`rinni egallagan.

Шарҳлар