Braziliya terma jamoasining kechigi mashg`ulotidan so`ng jamoa bosh murabbiyi Luiz Filipe Skolari va Neymar ishtirokidagi matbuot anjumani jurnalistlar orasida katta ajiotajga sabab bo`ldi.
BBC xabar qilishicha, 400 ga yaqin OAV vakillari konferens-zalida bosh murabbiy va futbolchini kutishgan bo`lsa, yana 300 nafardan ortiq jurnalist eshik ortida qolib ketdi. Xabarda yozilishicha, ularga joy etmay qolgan.
Eslatib o`tamiz, bugun tunda jahon chempionatining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tadi. Braziliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.