AsosiySport

Farg`onada «Fergana Challenger» tennis turniri bo`lib o`tmoqda

Farg`onada ITF tasnifiga kiruvchi “Fergana Women's” xalqaro turnirining asosiy to`r bahslariningi birinchi davrasi boshlandi. Unda hamyurtimiz Polina Merenkova ukrainalik Alisa Timofeeva bilan bellashdi, ushbu o`yinda Polina raqibasini 6:4, 6:2 hisobida engib ikkinchi darva yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Ikki vatandoshimiz Go`zal Yusupova hamda Gulchehra Muhammadsiddiqova o`rtasida o`tgan bahsda Go`zal raqibasini osonlik bilan 6:2, 6:1 hisobida taslim qildi.

Qolgan bellashuvlar natijasi bilan tanishing:

Katya Malikova (Ukraina) – Amina Muhammetshina (O`zbekiston) 6:2, 6:4

Yumi Miyazaki (Yaponiya) – Kamola Umarova (O`zbekiston) 6:2, 7:6

Xiroko Kuvata (Yaponiya) – Sarvinoz Saidxo`jaeva (O`zbekiston) 6:1, 6:1.

Birinchi davra bahslari davom etmoqda. Bu haqda www.sports.uz sayti xabar beradi. 

    Boshqa yangiliklar