my5
Sevimli

JCh-2014. Braziliya ilk uchrashuvda g`alaba qozondi (VIDEO)

Sport 13.06.2014, 09:37
JCh-2014. Braziliya ilk uchrashuvda g`alaba qozondi (VIDEO)

Braziliyada start olgan Jahon chempionatining guruh bosqichi dastlabki turidan o`rin olgan Braziliya hamda Xorvatiya termalari o`rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda mundial mezbonlari 3:1 hisobi bilan g`alaba qozonishdi.

O`yinning dastalkbki daqiqalarida Evropa qit`asi vakili mezbonlarni ancha qiyin ahvolga solib qo`ydi va 11-daqiqada Marseloni xato qilishga majbur qilishdi. “Real” a`zosi Ivisa Olichning jarima maydoniga uzatgan to`pini o`z darvozasiga joylab qo`ydi. Oradan 19 daqiqa o`tgach, Neymarning raqib jarima maydoni tashqarisidan yo`llagan zarbasi shundoqqini darvozaning ustunini silab darvozaga kirdi – 1:1. Birinchi bo`limda hisob boshqa o`zgarmadi.

Ikkinchi bo`limning 71-daqiqasiga kelib, uchrashuv bosh hakami jarima maydonida Fredga qarshi o`yin qoidasini buzgan deb topdi va Lovrenni sariq kartochka bilan jazolab, bir yo`la penalti ham belgiladi. Uni esa yana Neymar bexato amalga oshirib, dubl muallifiga aylandi. Uchrashuvning ikkinchi bo`limning so`nggi daqiqasida Oskar o`z goli bilan uchrashuvdagi yakuniy – 3:1 hisobini o`rnatdi.

Demak, Braziliya termasi Xorvatiya termasi ustidan ishonchli g`alabaga erishib, o`zniing dastlabki uch ochkisini qo`lga kiritib, gruhdagi peshqadamlikni o`z qo`liga oldi.

JCh-2014. A-Guruhi. 1-tur

Braziliya – Xorvatiya – 3:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 11, avtogol Marselo, 1:1 – 29 Neymar, 2:1 – 71, penalti Neymar, 3:1 – 90 Oskar.
Braziliya – Julio Sezar, Dani Alves, Silva, David Luiz, Marselo, L. Gustavo, Oskar, Paulino (Ernanes, 63), Xalk (Bernard, 68), Fred, Neymar (Ramires, 88).
Xorvatiya – Pletikosa, Srna, Chorluka, Lovren, Vrsalko, Rakitich, Kovachich (Brozovich, 61), Perishich, Modrich, Olich, Elavich (Rebich, 78).
Ogohlantirishlar: Neymar (27), Chorluka (65), Lovren (69), L. Gustavo (88).

Шарҳлар