my5
Sevimli

FIFA AQSh futbol federasiyasidan JCh-2022ga tayyorgarlik ko`rishni so`radi

Sport 13.06.2014, 12:59
FIFA AQSh futbol federasiyasidan JCh-2022ga tayyorgarlik ko`rishni so`radi
ESPN jurnalisti Xorxe Ramos “Tvitter”dagi o`z sahifasida FIFA vakillari AQSh futbol federasiyasi rahbarlari bilan bog`lanib, JCh-2022ga tayyorgarlik ko`rishni so`rab, murojaat qilganini yozdi. Bu haqda championat.asia sayti xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda o`tkazilishi belgilab qo`yilgan. Ammo, FIFA sobiq vise-prezidenti Muhammad bin Hammamning ushbu mundial mezbonligini qo`lga kiritish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida pora berganligi haqidagi xabarlar tarqalganidan so`ng ushbu JChning o`tkazilishi so`roq ostida qolmoqda.   

Ta`kidlash joiz, ovoz berish jarayonining to`rtinchi bosqichida Qatar 14 ta ovoz to`plagan bo`lsa, AQSh 8 ta ovozga ega bo`lgandi. Bin Hammamga qo`yilayotgan ayblov tasdiqlansa, JCh-2022 mezbonligi AQShga topshiriladi.

Шарҳлар