my5
Sevimli

FIFA Argentina terma jamoasini siyosiy surat uchun jazolashi mumkin

Sport 14.06.2014, 14:21
FIFA Argentina terma jamoasini siyosiy surat uchun jazolashi mumkin

Xalqaro futbol federasiyasi Argentina futbol assosiasiyaga nisbatan intizomiy ish ochdi. 

Bunga argentinalik futbolchilarning munozarali bo`lgan Folkend orollarini qo`shib olish to`g`risidagi banerni ushlab tushgan suratlari sabab bo`ldi. Bu haqda “Iterfaks” xabar bermoqda.  Intizomiy ish yuzasidan FIFA Argentina futbol assosiasiyasidan tushuntirish kutmoqda. 

Argentina terma jamoasi futbolchilari 7 iyun kuni Buenos-Ayresda  Sloveniyaga qarshi kechgan uchrashuv oldidan “Las Malvinas son Argentinas” («Malvin (Folkend) orollari Argentinaga tegishli» ) yozuvi tushirilgan baner bilan suratga tushishgan.   

Avvalroq, Argentina jamoasi London olimpiadasidan oldin jamiyat e`tiborini shunga o`xshash muammolarga qaratmoqchi bo`lgan. Ammo, Xalqaro olimpiya qo`mitasi tomonidan ogohlantirilgan edi.  

Шарҳлар