my5
Sevimli

JCh-2014. 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tmoqda (VIDEO)

Sport 16.06.2014, 09:21
JCh-2014. 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tmoqda (VIDEO)

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 1-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.

“E” guruhidan joy olgan Fransiya hamda Gonduras terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda evropaliklar yirik 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuvda Karim Benzema dubl qayd etgan bo`lsa, Valyadares avtogol muallifiga aylandi.

Shu guruhning yana ikki vakili Shveysariya hamda Evkador terma jamoalari ham o`zaro uchrashuvlarini o`tkazishdi.  Ushbu uchrashuvning bizga qiziqarli tomoni o`yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov olib borgani bo`ldi. Uchrashuvda 2:1 hisobida Shveysariya terma jamoasi g`alaba qozondi.

Shuningdek, “F” guruhida ham bitta uchrashuv bo`lib o`tdi. Argentina Bosniya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozondi.   Uchrashuvning  3 daqiqasida Kolashinas avtogol kiritgan bo`lsa, 65 daqiqada Messi hisobni 2:0 ko`rinishiga keltirdi va  o`yin yakunlanishiga 6 daqiqa qolganida Ibishevich hisobni qisqartirdi – 2:1.

Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Germaniya Portugaliya terma jamoasiga qarshi o`z uchrashuvini o`tkazadi, 00:00 da esa Eron-Nigeriya, 03:00 da Gana – AQSh uchrashuvlari bo`lib o`tadi.     

Шарҳлар