my5
Sevimli

Germaniya Portugaliyani mag`lubiyatga uchratdi va boshqa natijalar (VIDEO)

Sport 17.06.2014, 09:38
Germaniya Portugaliyani mag`lubiyatga uchratdi va boshqa natijalar (VIDEO)

Braziliyada davom etayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari 1-tur uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.

“F” guruhida bir kun avval Argentina Bosniya termasi ustidan g`alaba qozongan bo`lsa,  Eron hamda Nigeriya terma jamoalari o`z uchrashuvlarini bugun o`tkazishdi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0. 

“G” guruhida esa musobaqaning yana bir markaziy uchrashuvlaridan biri bo`lib o`tdi. Germaniya-Portugaliya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda g`olib jamoani oldin aytish qiyin edi. Ammo, o`yinda Germaniya terma jamoasi qiyinchiliksiz o`z raqiblarini 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi. Uchrashuvda Tomas Myuller xet-trikka erishdi va yana bitta golni Xummels kiritdi.   

Shu guruhning ikkinchi uchrashuvida AQSh  Gana terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda  2:1 hisobida amerikalik futbolchilar ustun kelishdi.

Шарҳлар