my5
Sevimli

AQSh KXDRda qo`lgan olingan amerikaliklarni ozod qilishni talab qildi

Dunyo 01.07.2014, 11:53
AQSh KXDRda qo`lgan olingan amerikaliklarni ozod qilishni talab qildi

AQSh Davlat departamenti KXDRdan ushbu mamlakatda qo`lgan olingan AQSh fuqarolarini ozod etishni talab qilmoqda.  

Ushbu masala yuzasidan AQSh Davlat departamenti vakili Jen Psaki rasmiy bayonot berdi.
“AQSh fuqarolari Metyu Miller va Jeffri Foul KXDRda sud oldida javob berishlari lozimligidan xabardormiz. Ular uyga qaytishlari uchun ozod qilinishlarini talab qilamiz”, - dedi Psaki.  Shuningdek u KXDR hukumati ushbu masala bilan shug`ullanayotgan shvesiyalik diplomatlarga ikkala amerikalik bilan uchrashish uchun ruxsat berilgani haqida ma`lum qildi. Psakining so`zlariga ko`ra, diplomatlar Foul bilan 20 iyun, Miller bilan 9 may va 21 iyun kunlari uchrashishgan. 

Psaki Miller hamda Foulning qo`lga olinish sabablarini oshkor etmadi.     
Shuningdek, AQSh davlat departamenti yana bir AQSh fuqarosi - Kennet Beyni darhol ozod etishni talab etmoqda. 

KXDR hukumati 30 iyun kuni mamlakatga sayyohlik vizasi bilan tashrif buyurgan Miller va Foul “dushmanlik ruhidagi harakatlari” uchun qo`lga olingani haqida xabar bergandi.

Bey esa 2013 yilda 15 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan edi.  Pxenyan Beyni hukumatni ag`darish maqsadida ekstremistik adabiyot tarqatganlikda ayblagan.

 

Шарҳлар