my5
Sevimli

Fransiya sobiq prezidentining qo`lga olinishi sabablari ma`lum bo`ldi

Dunyo 01.07.2014, 16:09
Fransiya sobiq prezidentining qo`lga olinishi sabablari ma`lum bo`ldi

Fransiya polisiyasining korrupsiyaga qarshi kurash bo`limi tomonidan mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi so`roqqa chaqirildi.

Sarkozi hozirda qamoqqa olingan. Bu Fransiya tarixida mamlakat sobiq prezidentining ilk bor qamoqqa olinishidir. Tizimga ko`ra,  sobiq prezident 24 soat davomida ushlab turilishi va keyinchalik yana bir bor shu muddatga ushlab turilishi mumkin. Bu haqda "ITAR-TASS" xabar bermoqda.

Sarkozi unga ayblov qo`yilishi mumkin bo`lgan “obro` savdosi” – ya`ni aniq bir harakatlar uchun mukofot sifatida yuqori lavozimga tayinlash ishi yuzasidan tergov qilinmoqda.    

Nikolya Sarkozi uning saylov oldi kompaniyasi Liviya sobiq rahbari Muamar Kaddafi tomonidan moliyalashtirilgan bo`lishi mumkinligi to`g`risidagi tergov ishi davomida tergov organlari nishoniga tushdi.  Sobiq prezidentning telefon qo`ng`iroqlari tekshirilishi davomida tergovchilar boshqa bir “milliarder Lillian Bettankur ishi”ga ro`para kelishdi. Milliarder Sarkozining saylov oldi kompaniyasi uchun noqonunan katta miqdorda pul ajratganlikda gumon qilingan.

Telefon suhbatlari Bettankur ishini olib boruvchi sud xodimi Sarkozi hamda uning advokatiga tergov ishlari bo`yicha materiallarni taqdim etishga va buning evaziga Sarkozi sud xodimini yuqori lavozimga tayinlashga rozilik berganligiga guvohlik bermoqda.   

Shuningdek, ushbu ish yuzasidan sudning 2 nafar xodimi va Sarkozining advokati qo`lga olingan.

“Obro` savdosi” ishi bo`yicha aybdor deb topilgan shaxslar 3 yil muddatga qamoq jazosi va 375 ming evro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Шарҳлар