my5
Sevimli

General Motors zavodi portlashi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi

Dunyo 02.07.2014, 12:01
General Motors zavodi portlashi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi

AQShning General Motors kompaniyasining Indiana shtati Merion shahridagi zavodida portlash yuz berdi.

Mahalliy hukumat xabariga ko`ra, portlash oqibatida 1 kishi halok bo`lgan, 5 kishi jarohatlangan. 

Portlash sababi hozircha aniqlanmagan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, dioksid xlori havoga chiqib ketgan bo`lishi mumkin. Voqea joyida bir necha o`t uchirish brigadalari ish olib bormoqda, zavodning barcha xodimlari evakuasiya qilingan.

Merion shahridagi zavodda asosan General Motors avtomobillari uchun kuzov elementlari ishlab chiqariladi. Qayd qilinishicha, korxonada 1,4 mingdan ortiq qishi ishlaydi.

Шарҳлар