my5
Sevimli

Xitoyda internetga qaram bo`lgan o`smirlarni axloq tuzatish lagerlarida davolashmoqda

Dunyo 02.07.2014, 14:30
Xitoyda internetga qaram bo`lgan o`smirlarni axloq tuzatish lagerlarida davolashmoqda

Xitoy birinchilardan bo`lib internetga qaramlik - o`smirlarning sog`lig`iga katta tahdid soluvchi deya baholandi va ularning sonini kamaytirish uchun kurash boshladi.

The Business Insider nashrining xabar qilishicha, internetga qaram o`smirlar sonini kamaytirish maqsadida mamlakatda o`quv lagerlar tashkil qilindi.

 

Lagerda internetga o`rganib qolgan xitoyliklarni qattiq, armiya tartiblari asosida davolashmoqda.  Ushbu uslub o`smirlarga kompyuterda o`tirgan bolalar jismoniy tayyorlarligi va sog`lig`i bilan ajralib turmasligini ko`rsatadi.

Mashg`ulotlarni sobiq xarbiy xizmatchilar olib borishmoqda. Instruktorlarning vazifasi o`smirlarni yaxshi jismoniy holatga keltirishdir.  Agar o`quvchilardan biri qo`yilgan tartiblarga bo`ysunmasa, butun guruh jazolanadi.

O`quvchilar jismoniy mashqlardan tashqari xitoy etikasi darsliklarini o`tishadi. Shuningdek, o`smirlarni tozalash va boshqa foydali ishlarga o`rgatishadi.

Hozirgi kunda Xitoyda 250 ta shunday lagerlar faoliyat yuritmoqda. Bemorlarning ko`pchiligi ota-onalarining iltimosi bilan yuborilgan.

Шарҳлар