my5
Sevimli

Hindistonda turar joy binosi qulashi 60 kishining umriga zomin bo`ldi

Dunyo 04.07.2014, 12:33
Hindistonda turar joy binosi qulashi 60 kishining umriga zomin bo`ldi

Hindistonda 11 qavatli turar joy binosining qulashi oqibatida halok bo`lganlar soni 60 nafarga etdi. Bu haqda Fox telekompaniyasi xabar bermoqda.

Voqea 28 iyun kuni mamlakatning janubiy qismida sodir bo`lgan. Polisiya generali Sandip Ray Ratorning so`zlariga ko`ra,  qidiruv-qutqaruv ishlari bugun yakunlanishi kutilmoqda.

Press Trust of India agentligining yozishicha, vayronalar ostida yana 20 dan 25 nafargacha kishi qolgan bo`lishi mumkin.  Avvalroq, vayronalar ostidan 27 kishi qutqarib olingani haqida xabar berilgan edi.

Mahalliy hukumat binoning qulashiga turar joy binosining qurilish ishlari bilan shug`ullangan kompaniya javob berishini ma`lum qildi. Ushbu ish yuzasidan 6 kishi hibsga olingan.    

Шарҳлар