my5
Sevimli

O`zbekistonda dollar va evro kursi pasaydi

Iqtisodiyot 07.05.2018, 15:46
O`zbekistonda dollar va evro kursi pasaydi

Markaziy bank 8 maydan e`tiboran xorijiy valyutalarining o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 8,96 so`mga kamayib, 8 059,24 so`mni tashkil qildi.

Evro kursi esa 146,26 so`mga pasayib, 9 638,85 so`mni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli ham 0,98 so`mga tushib, 128,73 so`mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Шарҳлар