my5
Sevimli

Jahon banki bilan istiqbolli bitimlar imzolandi

Iqtisodiyot 18.05.2018, 06:51
Jahon banki bilan istiqbolli bitimlar imzolandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kuni Vashington shahridagi Jahon banki shtap-kvartirasida ham bo`ldi. Davlatimiz rahbarini Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim kutib oldi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida ma`lum qilindi.

Bugungi kunda O`zbekiston va mazkur bank o`rtasidagi o`zaro hamkorlik energetika, irrigasiya va kommunal tarmoqlarni modernizasiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. 2020 yilgacha hamkorlik qo`shma dasturiga umumiy qiymati 4 milliard dollar bo`lgan 27 ta muhim loyiha kiritilgan.

Uchrashuv chog`ida bog`dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizasiyalash, moliyaviy konsultativ xizmat ko`rsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi.

Muzokarada yangi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi, hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha takliflar bildirildi.

Shu bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifi yakuniga etdi.

Шарҳлар