my5
Sevimli

50 va 100 so`mlik tangalar, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi

Iqtisodiyot 22.05.2018, 11:35
50 va 100 so`mlik tangalar, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi

Eski namunadagi 50 va 100 so`mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga asosan, muomaladagi 50 va 100 so`mlik tangalar, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi. Ularning o`rniga esa, 2018 yil namunasidagi 50 so`mlik, 100 so`mlik, 200 so`mlik va 500 so`mlik tangalar muomalaga chiqariladi.
2011 yil namunasidagi qiymati 500 so`m bo`lgan tangalar muomalaga layoqatli.

Barcha tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalarni hamda eski namunadagi banknotlarni hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday to`lov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni ayirboshlab berishlari shartligi hamda mijozlar arizasiga asosan omonatga, bank plastik kartochka hisobvaraqlariga kirim qilish uchun qabul qilishlari mumkin ekanligi belgilandi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi 50 va100 so`mlik tangalar hamda 50 va 100 so`mlik eski namunadagi banknotlar uchun 2019 yil 1 iyulgacha, 200 va 500 so`mlik eski namunadagi banknotlar uchun 2020 yil 1 iyulgacha bo`lgan muddatlar belgilandi.

O`z.A.

Шарҳлар