my5
Sevimli

Qozog`istonning eng yirik banki O`zbekistonda o`z filialini ochadi

Iqtisodiyot 23.05.2018, 10:17
Qozog`istonning eng yirik banki O`zbekistonda o`z filialini ochadi

Qozog`istonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirg`izistonda bo`linmalarga ega bo`lgan bo`lgan, Qazkom bilan birlashuvdan so`ng aktivlari hajmi 24 mlrd dollarni tashkil qiladigan Halyk Bank («Xalq banki») Toshkentda o`z filialini tashkil etishi mumkin. Bu haqda Forbes-Qozog`iston nashri ma`lumotiga asoslanib, "Xalq so`zi" xabar berdi.

Hujjatlar to`plami tayyorlangan, tartibga soluvchi idoraning muvofiqlashtirishi kerak, degan bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova jurnalistlar bilan muloqot chog`ida.

«Halyk Group nafaqat Qozog`istonda, balki MDH hududidagi bozorda ham katta o`rin va ulushga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhni taqdim eta olamiz. Bizga O`zbekiston bozori qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. Biz Qozog`iston va O`zbekiston Milliy bankiga O`zbekistonda filial ochish uchun ruxsat olishga taqdim etiluvchi hujjatlarni to`playapmiz», - degan Umut Shayaxmetova.

Bank rahbari O`zbekiston bozoriga qachon kirish muddatini aytmagan. Uning qayd etishicha, Halyk Bank tezroq bu ishni amalga oshirishdan manfaatdor, biroq hujjatlar to`plash jarayoni va tartibga soluvchi idora bilan kelishish uzoq muddatga cho`zilishi mumkin.

Bank O`zbekiston fond birjasida operasiyalar amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Umuman olganda, Umut Shayaxmetovaning so`zlariga ko`ra, yangi bozorga kirish katta qiziqish uyg`otmoqda. O`zbekistonning yangi prezidenti iqtisodiy islohotlari meva bermoqda.

«Bank Qozog`iston ishbilarmonlarida O`zbekistonga sarmoya kiritish bo`yicha katta qiziqish borligini ko`ryapti», - dedi bank raisi.

Шарҳлар