Ташкент +4° Mon 07:21
Долзарб мавзулар Foto

Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lanadimi?

Бўлимлар: Jamiyat, Savol-javob
Теглар:
Добавлено: 29.05.2018, 16:49

Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O`sha kunlari farzandim bog`chaga bormaydi. Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lashim shartmi?

Adliya vazirligi:

Ota-onalardan birining ishdan (o`qishdan) bo`sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko`ra bola bog`chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to`lanishi lozim bo`lgan to`lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to`lov summasiga kamaytiriladi.

To`lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko`rsatilgan holda maktabgacha ta`lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

Bunda bolaninng bir yilda ko`pi bilan 60 kundan ortiq bo`lmagan muddatgacha maktabgacha ta`lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Demak, maktabgacha ta`lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo`lsa, bola bog`chaga bormagan kunlar uchun pul to`lanmaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA