my5
Sevimli

“Chiroyli” avtoraqamlar davlat byudjetiga qancha daromad keltirgani ma`lum bo`ldi

Iqtisodiyot 30.05.2018, 13:00
“Chiroyli” avtoraqamlar davlat byudjetiga qancha daromad keltirgani ma`lum bo`ldi

O`tgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi, deb xabar qildi "O`zRTXB" AJ matbuot xizmati.

Ularning 43 tasi jismoniy shaxslarga, 16 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 761 mln so`mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 68% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 10% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo`yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida etakchilikni Buxoro viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23% ga teng.

Keyingi o`rinda Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari 22% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o`rin Farg`ona va Samarqand viloyatlari avto havaskorlariga tegishli bo`lib, har birining ulushi 12% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 31% ga teng.

Шарҳлар