my5
Sevimli

Navoiyda atom elektrostansiyasi quriladi

Iqtisodiyot 30.05.2018, 23:05
Navoiyda atom elektrostansiyasi quriladi

Rossiyaning “Rosatom” korporasiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuv davomida O`zbekistonda atom elektrostansiyasini qurish masalasi muhokama markaziga aylangani haqida ma`lum qildi.

Lixachyovning so`zlariga ko`ra, AES 2ta blokdan iborat bo`ladi. Shuningdek, hukumatlararo kelishuv, shartnoma, bu ob`ektni foydalanishga topshirish muddatlari, kadrlar tayyorlash masalasi ham ko`rib chiqilgan.

“O`zbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif qildi. O`zbekiston prezidenti va bosh vaziri bizga Navoiy viloyatidagi maydoncha haqida ma`lum qilishdi. Yaqin kunlar ichida u erga yo`l olib, ma`lumot yig`ishni boshlaymiz. Loyihaga yondashuvlar muhokama qilindi”, – dedi Lixachyov.

Eslatib o`tamiz, Moskva va Toshkent ikki mamlakat va xalqlar manfaati yo`lida energetika sohasidagi keng ko`lamli sheriklik va o`zaro manfaatli ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida keng ko`lamli ishlarni boshlab yubordi.

Шарҳлар