my5
Sevimli

O`zbekistondan yuborilgan 20 tonna o`rik Rossiyaga kiritilmasdan qaytarib yuborildi

Iqtisodiyot 06.06.2018, 10:14
O`zbekistondan yuborilgan 20 tonna o`rik Rossiyaga kiritilmasdan qaytarib yuborildi

Rossiya veterinar va fitosanitar tekshiruv federal xizmati boshqarmasi inspektorlari Novosibirsk viloyatiga Qozog`iston va Qirg`izistondan olib kelinayotgan 320 tonnadan ortiq mahsulotni potensial jihatdan xavfli deb topib, chegaradan o`tkazmadi.

Rossiya qishloq xo`jaligi nazorati ma`lumotlariga ko`ra, iyun oyi boshida “Karasuk” postida umumiy og`irligi 320,15 tonna bo`lgan meva-sabzavotlarning 17 ta partiyasi ushlangan. Fitosanitar jihatdan yuqori darajada xavfli deb topilgan tovarlar avtomobil transportida Novosibirsk, Novokuznesk, Kemerovo va Krasnoyarskda sotish uchun olib kelinayotgan bo`lgan, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

Markirovkasiz holda Qozog`istondan umumiy og`irligi 40 tonna bo`lgan sholg`omsimon dumaloq piyoz va oq bosh karam, 22 tonna pokiston navli kartoshka, Qirg`izistondan 20 tonna sholg`omsimon dumaloq piyozni mamlakat hududiga olib kirishning oldi olingan.

Shuningdek, ishonchsiz markirovka qo`yilgan deb topilgan Qozog`istondan umumiy og`irligi 70 tonna bo`lgan tarvuz, olma va lavlagi, Qirg`izistondan 88 tonna sholg`omsimon dumaloq piyoz, 1,15 tonna qizil bosh karam chegaradan o`tkazilmagan.

Ayni chog`a upakovkasidagi markirovkasi qisman bo`lmagan O`zbekistondan 20 tonna o`rik, Tojikistondan 20 tonna sholg`omsimon dumaloq piyoz, Qozog`istondan 20 tonna o`rik va gilos, Qirg`izistondan 19 tonna olxo`ri to`xtatilgan.

Barcha yuklar ortga qaytarib yuborilgan. Aybdorlar ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Шарҳлар