Ташкент +4° Fri 01:39
Долзарб мавзулар Foto

Elektron raqamli imzo olish uchun to`lov narxi arzonlashtirildi

Бўлимлар: Jamiyat, Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 08.06.2018, 16:26

Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo (ERI) olishda to`lov narxi arzonlashtirildi. Bu O`zbekiston prezidentining 5 iyundagi farmonida nazarda tutilgan.

Endilikda jismoniy shaxslar ERI olish uchun avvalgidek eng kam ish haqining 10 foizi (17 224 so`m) miqdorida emas, 7 foiz (12 056 so`m) miqdorida to`lovni amalga oshiradilar. Boshqa toifalarda narx o`zgarishsiz qolgan.

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilariga ERI bepul beriladi.

Shuningdek, respublikaning 14 hududidan bittadan tuman belgilab olingan bo`lib, ushbu tuman aholisiga elektron raqamli imzo bepul beriladi (masalan, Toshkent shahrida Yunusobod tumani).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA