my5
Sevimli

Navoiy viloyatida to`rtta kichik sanoat zonasi tashkil etildi

Iqtisodiyot 08.06.2018, 23:30
Navoiy viloyatida to`rtta kichik sanoat zonasi tashkil etildi

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi 81,4 gektarga kengaytirildi, viloyatda to`rtta kichik sanoat zonasi tashkil etildi.

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida 81,4 gektar maydonda noaktiv ishlab chiqarish ob`ektlari - ishlab chiqarish bazasi binolari va inshootlari, qurilish materiallari zavodi, shuningdek, "Avtotransqurilish-mexanizasiyalash" korxonasi mavjud.

Navoiy viloyatida to`rtta: Zarafshon shahri (0,8 ga), Navoiy shahri(1,2 ga), Karmana tumani(1,2 ga) va Xatirchi tumani (35 ga) kichik sanoat zonalari tashkil etildi.

Kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat ko`chmas mulklari tadbirkorlik sub`ektlariga 10 yil muddatga taqdim etiladi.

O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tijorat banklari orqali kichik sanoat zonalarida amalga oshiriladigan investisiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 50 mln. dollar kredit liniyasi ochadi. Qabul qilingan uskunalar va butlovchi qismlarni sotib olish uchun mablag`lar ajratiladi. Kreditlarni qaytarish Markaziy bank kursi bo`yicha so`mda bo`lishi mumkin.

Шарҳлар