my5
Sevimli

O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Iqtisodiyot 09.06.2018, 12:08
O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Markaziy bank 2018 yil 1 iyun holatiga ko`ra O`zbekiston oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma`lumotlarni e`lon qilindi.

Ma`lumotga ko`ra, 2018 yil 1 iyun holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 123,6 mln AQSh dollari (2018 yil 1 may holatiga 28 352,0 mln AQSh dollari, o`tgan oyga nisbatan 228,4 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 004,7 mln AQSh dollari, monetar oltin — 14 118,9 mln AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 025,0 mln AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 may holatiga 27 083,8 mln AQSh dollari).

Eslatib o`tamiz, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag`larini, ya`ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Шарҳлар