Му5
48

Argentina terma jamoasining omadsizligi nimada?

Sport 22.06.2018, 13:53
Теглар: Futbol, Jahon chempionati
1746
Argentina terma jamoasining omadsizligi nimada?

Argentinaning hujumi ko`proq hind kinolarini eslatib yuboradi. Chunki Bollivud kinolarida ham syujet asosan bitta qahramonga bog`lanib qoladi.

Rejalashtirilmagan himoya. Jahon chempionatida kuchsiz jamoa bo`lmaydi. Shunday ekan unga tayyor bo`lib borish talab etiladi. Ammo shu darajaga javob bera oladigan futbolchilar bo`lmasachi? Xususan, me`yorga javob beradigan himoyachilar yo`q bo`lsa. U holda izlanish kerak. Boshqacharoq rejalar tuzish kerak. Masalan, raqibni jarima maydonchasi yaqiniga yo`latmaslik lozim. Bu esa yarim himoyadagi mukammallikka bog`liq. Argentinaliklar saralash bahslaridayoq kuchli himoyaga ega emasliklarini isbotlab bo`lishgan edi. Boisi terma KONMEBOLdagi 18 ta uchrashuvning o`zidayoq 14 bor to`p olib chiqishgandi o`z darvozalaridan. Himoya ana o`sha jarayonda shakllantirilishi kerak edi. Ammo Sampaoli bu jihatga e`tibor qaratmagan ko`rinadi.

rueaa581fc161.jpgDarvozabon. Mundial arafasida darvozabon Serhio Romeroning jarohat olishi terma jamoa uchun eng katta yo`qotish edi. Kecha hamma muhlislar Pep Gvardiola Kabaleroni nima sababdan “Chelsi”ga qo`yib yuborganini tushunib etdi. Darvozabon kuchsiz bo`lsa, himoyachilar ishonchli harakat qilishiga to`g`ri keladi. Himoyachilar qachon xato qiladi, albatta, raqib kuchli bosim qilganda. Murabbiy mana shu taraflariga ham e`tibor qaratmagan. Janubiy amerikaliklar Villyga ishonib qolishdi.

Markazdagi zaiflik. Futbol – jamoaviy o`yin. Shunday ekan, har bir nuqtada eng yaxshi futbolchilar harakat qilishilari shart. Lekin murabbiy ko`proq hujumni o`ylaydiganlardan. Vaholanki, hujum asosi markazdan olinadi. Agar u kuchsiz bo`lsa, jamoaning gol uradigan qismi yaxshi ishlamaydi emas, umuman ishlamaydi. Sampaoli “Barsa”ning asosiy kuchi markazda ekani, faqat Messida emasligini mundial yakunlangandan so`ng anglab etsa hayron qolmayman. “Barselona”da Serhio Buskets raqib hujumini qaytarish uchun xizmat qiladi. Ana o`sha pozisiyadagi ustunlik, raqibni esankiratib qo`yadi. Xorxeda esa bu nuqtada pichoqqa ilinadigan futbolchi yo`q. Axir chumchuq so`ysa ham qassob so`ysin, deydilar.

Messiga bog`langanlik. Balki bu yutuqdir. Ammo o`tgan ikkita o`yin buni kamchilik ekanini isbotlab turibdi. Argentinaning hujumi menga ko`proq hind kinolarini eslatib yuboradi. Chunki Bollivud kinolarida ham syujet asosan bitta qahramonga bog`lanib qoladi.

large.jpg

Bu esa ba`zan ma`nisizlikka olib keladi. Gollivudda esa istalgan obraz asosiy planga chiqaveradi. Shuning uchun g`arb kinolarida turli xil ma`nolar kelib chiqaveradi. Agar Aguero tarkibda ikkita bo`lsa terma yutardi, ammo hozir Messining bittadan ortishi muqarrar mag`lubiyat degani. Yarim himoyachilar hujumga chiqqan paytda Leoni axtarib qolishyapti. Messining “barrikada janglari”da qatnashayotganidan foydalanib, gol kiritish o`rniga to`pni unga uzatishmoqda. Natijada to`p yo`qotilyapti. Jamoa aynan mana shu vaziyatda qiyinchilikka yuz tutyapti. Balki Messini sal orqaroqqa qo`yib, oldinga uchta – Aguero, Dibala, Iguainni chiqarganda to`g`ri ish bo`larmidi. Shunda boshqa futbolchilarga ham bo`sh zonalar ochilib qolardi. Agar bir kun oldin o`z o`yinini o`tkazgan Ispaniyada shunday hujumchilar bo`lganda Eronga qarshi, albatta, ushbu uchlikni tashlagan bo`lardi. Yirikroq hisobda, qiyinchiliksiz engardi forslarni. Oldingdan oqqan suvni qadri yo`q – haq gap!

Zahira. Men hamma termalar o`zlarining yakuniy tarkiblarini e`lon qilishgan paytda ushbu jamoaning zahirasini ko`rib hayratda qoldim. 2014 yildagi tarkib asosiga qurilgan. Shuningdek, “A” seriya to`purari Ikardining chempionatga olib ketilmasligi sog` murabbiyning ishi emas. Uning ustiga tarkib qariyalardan tarkib topgan.

Noto`g`ri taktika. Diego Maradona bir necha kun oldin Sampaolining taktikasi qanday ekanini tushunib eta olmayotganini aytganda, ko`pchilik tanqid qilgandi uni. Lekin Armandoning aytganicha ham bor ekan, Xorhening taktikasi qanaqa o`zi? 2/2/1/3/2 mi yoki 4/1/1/2/2 mi? Xullas tushunib bo`lmaydi. Ammo u mag`rur!

8630914.jpg

Murabbiy. Asosiy muammo. U Argentinaning boshqa murabbiylari singari qo`rqoq. Boisi u ham jamoani Messi atrofida qurgan. Termada Leoni aytgani – aytgan, degani – degan. Usiz qaror qabul qilinmaydi. Mauro Ikardi bunga yaqqol misol.

Vaziyat qanday? Hozirda Xorvatlar 6 ochko bilan “D” guruhida etakchilik qilishmoqda. Argentinada – 1, Islandiyada ham – 1, Nigeriyada esa – 0 ochko bor. Bugun Islandiya – Norvegiya o`yinidagi natija Janubiy amerikaliklarning “taqdiri”ni belgilab beradi. Agar Islandiya g`alaba qozonsa, u holda keyingi 3-tur barchasini hal qiladi. Nigeriya yutsa, Argentina oxirgi turda Afrika vakilini yirik hisobda engishi kerak bo`ladi. Durang bo`lsa ham shunday. Shuningdek, Xorvatiya ham vikinglar ustidan g`alaba qozonishi kerak bo`ladi. Xullas, vaziyat ham Sampaolining taktikasi singari o`ta tushunarsiz va mavhum.

Shohrux No``monov, O`zA

Шарҳлар

O`zbekistonlik futbolchi Italiya jamoasiga o`tadi

25.11.2019, 18:12

O`zbekistonlik yosh futbolchi, «Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinov legionerga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Klub matbuot xizmat xabar berdi.Keltirilishicha, Jasur Jaloliddinov Italiya «B» Ceriyasi ishtirokchisi «Benevento»ga o`tadi.«Yosh futbolchimizning harakatlari...
Futbol afsonasi Ronaldino Saudiyada ko`rinish berdi

22.11.2019, 20:18

21 noyabr kuni Saudiya Arabistonida “Motor Show-2019”avtomobillar ko`rgazmasi ochildi. Bu ko`rgazmada birinchi avtomobilni braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino sotib oldi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar qilindi.Barselonaning...
O`zbekiston terma jamoasi Falastinni engib, guruhda yana peshqadam bo`lib oldi

19.11.2019, 19:16

 Futbol bo`yicha Qatarda bo`lib o`tadigan jahon chempionati bahslariga saralash bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston terma jamoasi uchinchi g`alabasiga erishdi.Falastin terma jamoasini qabul qilgan o`zbekistonliklar 17 va...
IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi

19.11.2019, 15:33

19 noyabr kuni Jahon Chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida “Paxtakor” stadionida Falastin va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasida futbol o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 17.00 da boshlanadi.Toshkent shahar Ichki...