42

Sobiq hakam: Ravshan Ermatov o`yinni yaxshi boshqardi

Sport 22.06.2018, 15:05
Теги: Futbol, Jahon chempionati
2417
Sobiq hakam: Ravshan Ermatov o`yinni yaxshi boshqardi

O`zbekistonlik sobiq hakam Xolmat Mirzaahmedov championat.asia nashriga bergan intervyusida mashhur o`zbek hakami Ravshan Ermatov kecha bo`lib o`tgan Argentina — Xorvatiya bahsini qanday boshqargani haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

O`yinda Xorvatiya 3:0 hisobida g`alaba qozondi va Messi boshchiligidagi argentinaliklar hech narsa qila olishmadi. Ravshan Ermatov o`yinni qanday boshqargani haqida sobiq hakam Xolmat Mirzaahmedov fikrlarini bildirdi.


"Ermatov va uning brigadasiga katta rahmat. Hakamlarimiz o`yinni yaxshi boshqarishdi. Eng muhimi, qo`pol xatolar kuzatilmadi. Faqat bir vaziyatda Ermatov xorvatlar futbolchisi Rakitichning oyog`ini raqib o`yinchisi bosganini ko`ra olmay qoldi. Menimcha, o`sha vaziyatda Ravshan o`yin dinamikasida edi. Lekin qolgan holatlar bo`yicha umuman e`tiroz yo`q.

E`tibor bergan bo`lsangiz, jahon chempionati o`yinlarida hakamlar birdaniga sariq kartochka ko`rsatishmayapti. Ular oldin futbolchilar bilan muloqotda bo`lishyapti. Menimcha, FIFA tomonidan shunday ko`rsatma berilgan bo`lsa kerak. Chunki "sariq" berish oson, lekin uni qaytarib olish qiyin. Shu bois Ravshan Ermatov ham darrov kartochka ko`rsatmasdan oldin o`yinchilar bilan gaplashishga va tushuntirish ishlari olib borishga harakat qildi.

Umuman olganda o`yin juda og`ir kechdi. Bosim yuqori bo`ldi. Endi jahon chempionatida bunday uchrashuvlar ortib boraveradi. Ermatov barcha sariq kartochkalarni vaqtida va to`g`ri berdi. Agar shu orqali o`yinchilarni tinchlantirmaganida balki bahs oxirlariga kelib janjal chiqishi mumkin edi. Ermatov esa buni vaqtida payqay oldi va har ikki jamoa a`zolarini o`z paytida sovutishga ulgurdi. O`ylaymanki, FIFA ham Ermatov boshliq hakamlarimiz brigadasining kechagi ishini yuqori baholadi. Ularga keyingi o`yinlarda ham omad tilab qolamiz".

Комментарии

​Odil Ahmedov: O`zbekiston nima uchun "Paxtakor" stadionida o`ynamaydi, tushunmayman...

17.10.2018, 12:05

Kecha O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Qatarni 2:0 hisobida mag`lub etdi.Uchrashuvdan so`ng terma jamoa sardori Odil Ahmedovni championat.asia muxbirlari suhbatga chorladi. "G`alaba qozonamiz deb maydonga...
O`zbekiston Qatar ustidan g`alabaga erishdi

17.10.2018, 11:42

Dastlab, Odil Ahmedov 72-daqiqada boshi bilan aniq zarba berib, hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Keyin esa Odilning o`zi zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaevni darvozabon bilan birga-bir...
Jahon chempionatining siz ko`rmagan 25 lahzasi

16.07.2018, 10:26

Jahon chempionati ham yakunlandi. O`zA ana shu turnirning eng esda qolarli lahzalarini taqdim etdi.1. Kolumbiyaning yashirin quroli - Mina.2. Gollivud yulduzining navbatdagi "rol"i.3. Belgiya tarixiga...
Luka Modrich - Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi!

16.07.2018, 09:28

FIFA 2018 yilgi mundialning eng yaxshi futbolchilari nomini e`lon qildi.Xorvatiyalik Luka Modrich Jahon chempionatining "Oltin to`pi"ga loyiq ko`rildi. Eden Azar kumush, Grizmann bronza to`pga ega...