Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 26 iyun kunidan boshlab yangi qiymati belgilandi.
Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 12,33 so`mga kamayib, 7 871,66 so`mni tashkil qildi.
Evro kursi esa 23,47 so`mga ko`tarilib, 9 174,42 so`mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 0,21 so`mga ko`tarildi va 125,10 so`mni ni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.