Kecha, 8 iyul kuni xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo`ldoshev vafot etdi...
Eslatib o`tamiz, Muborak Yo`ldoshev o`zbek milliy rangtasvir san`ati rivojiga ulkan hissa qo`shgan, bebaho durdona asarlar muallifidir.
Asarlarida Vatanimizning boy tarixi, buyuk shaxslarini jo`shqin tarannum etgan, xalq dostonlari qahramonlarini mehr-muhabbat bilan ifodalagan, “Tohir va Zuhra”, “Samarqand afsonasi”, “Ravshan va Zulxumor”, “Zafar”, “Yoriltosh” singari ko`plab spektakllarga yorqin dekorasiyalar yaratgan, ko`p yillar davomida talabalarga tasviriy san`at saboqlaridan dars bergan musavvirimiz mehnati davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, 2000 yilda O`zbekiston xalq rassomi unvoniga sazovor bo`lgan.
Tahririyatimiz nomida marhumning oila a`zolari va yaqinlariga o`z ta`ziyamizni bildiramiz.