my5

Putin va Poroshenko telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi

Dunyo 03.09.2014, 12:43
4171
Putin va Poroshenko telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin  va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko telefon suhbati davomida Ukraina sharqidagi xunrezliklarni to`xtatish choralarini muhokama qilishdi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.

“Davlat rahbarlari  tomonidan Ukrainadagi xarbiy va gumanitar bo`hron muhokama qilindi. Prezidentlar Ukraina sharqidagi xunrezliklarni to`xtatish uchun qilinadigan ishlar bo`yicha fikr almashishdi”,-deydi Rossiya hukumati matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Ikki mamlakat prezidentining og`ir vaziyatdan chiqish to`g`risidagi takliflari qaysidir darajada bir-biriga to`g`ri keldi”,-deya qayd qilib o`tdi matbuot kotibi.

Шарҳлар