Shoir, rejissyor sifatida xalqqa yaxshi tanish bo`lgan Ahad Qayum, Mirtohir Mirg`ulomovga bergan intervyusida aktrisa Oydin Yusupova bilan bo`lgan munosabatlariga to`xtalib o`tdi.
Suhbatdoshining “Oydin Yusupova va sizning munosabatlaringiz haqidagi mish-mishlar qay darajada haqiqatga yaqin edi” degan savoliga shoir quydagicha javob qaytardi.
“Oxirgi paytda shu aktrisa haqidagi suhbatlar ham, uning o`zini tutishi ham menga yoqmayapti. Paytida ikkita filmda birga ishlaganmiz. Filmning kassasi yaxshi bo`lishi uchun ba`zi mish-mishlar chiqarishimizga to`g`ri kelgan. Lekin hozirgi kunda bundan mingdan-ming pushaymonman. Ming la`nat deyman, u bilan uchrashgan kunga…”.
Shoirning ushbu gaplarini ortiqcha izohlashga ham hojat yo`q, nazarmizda.