my5

Yaponiya vazirlar mahkamasi iste`fo berdi

Dunyo 03.09.2014, 16:56
2972
Yaponiya vazirlar mahkamasi iste`fo berdi

3 sentyabr kuni Yaponiya vazirlar mahkamasi iste`fo berdi. Shu kunning o`zida Yaponiya imperatori mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe tomonidan taqdim etilgan hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar bermoqda.

Bosh vazir 11 nafar vazirni o`zgartirdi.  Ammo, Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida, bosh vazir o`rinbosari hamda moliya vaziri Taro Aso va vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga o`z lavozimlarida qolishdi.

Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 5 nafar ayolni vazir lavozimiga tayinladi. Xabarda yozilishicha, Abe shaxsan o`zi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish ishlarida ayollar ishtirokini qo`llab-quvvatlamoqda.   

Шарҳлар