my5

Bugun NATO Sammiti ochiladi

Dunyo 04.09.2014, 10:56
2709
Bugun NATO Sammiti ochiladi

4 sentyabr kuni Uelsning Nyuport shahridagi Celtic Manor kompleksida NATO Sammiti rasman ochiladi.

Tadbir boshlanishida Shimoliy atlantik alyansi bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bayonot beradi va Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvga tashrif buyurgan chet el vakillarini kutib oladi.

Sammit rasman mahalliy vaqt bilan 13:00da (Toshkent vaqti bilan 17:00da) Afg`oniston masalasi bo`yicha uchrashuv bilan boshlanadi. Ushbu uchrashuvda NATO va 27 ta mamlakat vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ular qatorida O`zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etadi.  Sammitda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qatnashadi.

ITAR-TASS” agentligining yozishicha, Afg`onistondan xalqaro xarbiy kuchlari  olib chiqib ketilayotganligi sababli alyans va Kobul munosabatlari istiqbollari hamda tashkilotning keyingi harakatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Afg`oniston milliy xavfsizlik kuchlarini qo`llab-quvvatlash taklif etilishi kutilmoqda.

Ikkinchi yig`ilish 4 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 16:45 da boshlanadi. Ushbu uchrashuv Ukraina haqida bo`lib o`tadi.

Xabarda yozilishicha, yig`ilishga Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko taklif etilgan.

Kun oxirida esa davlat rahbarlari kechki dasturxon atrofida “Islom davlati” guruhi faoliyat olib borayotgan Iroq va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishadi.

5 sentyabr, Sammitning so`nggi kuni 28 ta mamlakat vakillari alyansning ikki yig`ilishini o`tkazishadi. Shundan so`ng, Rasmussen Sammitni yakunlovchi matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Sammit ishtirokchilari yig`ilishiga katta e`tibor qaratilgan. Yilig`ish bo`lib o`tadigan Celtic Manor kompleksi 13,5 km uzunlikdagi to`siq bilan o`ralgan. Xavfsizlikni ta`minlash uchun 10 mingga yaqin polisiya xodimi jalb qilingan. Ular 185 nafar oliy martabali shaxslar va 4 ming nafar delegasiya a`zolari xavfsizligiga javob berishadi.

Шарҳлар