my5

BMT Ebolaga qarshi kurash qancha tushishini hisoblab chiqdi

Dunyo 04.09.2014, 12:05
2889
BMT Ebolaga qarshi kurash qancha tushishini hisoblab chiqdi

BMTning Ebola virusi bo`yicha mahsus koordinatori Devid Naborro virusga qarshi kurash uchun 600 million AQSh dollari ajratilishi lozimligini aytgan. Bu haqda lenta.ru nashri xabar beradi. 

O`tgan haftada  Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan esa Ebola virusiga qarshi kurashish uchun ajratilishi lozim bo`lgan mablag` miqdori 490 million AQSh dollaridan oshmagandi.

Ayni damda Ebola virusi bilan kasallangan 3,5 ming kishi ro`yxatga olingan. O`tgan haftaning o`zida ushbu virus tufayli 400 kishi vafot etdi. Umumiy hisobda esa qurbonlar soni 1900 dan oshgan.

Шарҳлар