my5

Tailandlik ayolning qo`llari 19 kilogramm tosh bosdi

Dunyo 04.09.2014, 12:44
10318
Tailandlik ayolning qo`llari 19 kilogramm tosh bosdi

Tailandlik Duangdjay Samaksamam ismli ayol ayni vaqtda 59 yoshda. U qo`llarining kattaligi va og`irligi bo`yicha dunyodagi eng katta qo`llar sohibasi sanaladi, deb yozadi day.az nashri.

Har bir qo`li 9,5 kilogrammni tashkil etuvchi bu ayol 20 yoshigacha odamlardan berkinib yashashga majbur bo`lgan. Maktabga bormagan. Biroq vaqt o`tgach, keksa ota-onasini boqib uchun u odamlarga “ko`rinish”ga majbur bo`lgan. Makulodistrofiya lipomatoza deb nomlanuvchi kasallik tufayli ayolning qo`llarini doimiy ravishda shishadi. Aslida unga shifokorlar turli yo`llar bilan yordam berishga harakat qilishgan, shishlarni kamaytirish uchun jarrohlik amaliyotlari ham o`tkazilgan. Lekin bu usullarning hech biri unga yordam bermagan.

Duangdjay barcha uchun odatiy bo`lgan yumushlarni bajarishga ham qiynaladi. Shunday bo`lsa ham, u ota-onasi uchun pul ishlab topish istagida tinmay harakat qiladi. Hozirda u o`z oziq-ovqat do`konchasiga ega.

Eslatib o`tamiz, Duangdjay Samaksamam bunday kasallik bilan og`riydigan dunyodagi yagona ayol emas. Xuddi shunday holat Hinistonlik 8 yoshli Kalim ismli bolakayda ham kuzatilgan. Kalimning har bir qo`lining og`irligi 8 kilogrammga etgan.

Шарҳлар