my5

Osiyo go`zali tojni olib qochib ketdi

Dunyo 04.09.2014, 17:16
10869
Osiyo go`zali tojni olib qochib ketdi

May oyida Miss Asia Pacific World tanlovida g`olib bo`lgan va tashkilotchilar talabini bajarmagani sababli ushbu mukofotdan ayrilgan, 18 yoshli Myanmalik May Myat Nuo bahosi 100 ming AQSh dollariga teng bo`lgan tojni olib, g`oyib bo`ldi.

Hozir qiz qaerda ekanligi noma`lumligicha qolmoqda.  Tashkilotchilar Osiyo go`zali tanlovida g`olib bo`lgan ishtirokchiga xayriya ishlari bilan shug`ullanish shartini qo`yishgan, ammo, Nuo shartlarni bajarmagan va uning tanlovdagi g`alabasi bekor qilingan. Ushbu xabarni eshitgan Myat Nuo tojni olib, Seuldan qochib ketgan. Tashkilotchilar qizdan rasman kechirim so`rashini va tojni qaytarishni talab qilishmoqda.

Шарҳлар