my5

Afg`onistonda prezidentlik saylovlarining ovoz byulletenlari qayta hisoblab chiqildi

Dunyo 05.09.2014, 14:56
3196
Afg`onistonda prezidentlik saylovlarining ovoz byulletenlari  qayta hisoblab chiqildi

Afg`onistonda prezidentlik saylovlari ikkinchi turining  ovoz byulletenlarini tekshirish va qayta hisoblash ishlari yakunlandi. Mustaqil saylov komissiyasining xabar qilishicha, yaqin kunlarda ovoz berish natijalari e`lon qilinadi.

MSK ma`lumotlariga ko`ra, saylov komissiyasining audit xodimlari 50 kun davomida shubhali bo`lgan 23 mingga yaqin ovoz byulletenlarini qayta ko`rib chiqishdi. Ish jarayonini 201 nafar chet ellik kuzatuvchilar, shu qatorda BMT ekspertlari va prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla hamda Ashraf G`ani Axmadzay vakillari nazorat qilib borishdi.

Saylov natijalari e`lon qilinadigan kun sanasi aniq belgilanmadi. Ammo, BMT vakillari bu uchun bir necha hafta vaqt ketishi kerakligini aytishmoqda.

Eslatib o`tamiz, 5 aprel kuni o`tkazilgan prezidentlik saylovining birinchi turida davlat rahbari lavozimi uchun kurashayotgan Tashqi ishlar sobiq vaziri Abdulla Abdulla 45,0 foiz va moliya sobiq vaziri Ashraf G`ani Axmadzay 31,6 foiz ovoz to`plagan.

14 iyun kuni o`tkazilgan saylovning ikkinchi turida Axmad G`ani 56,44 foiz, Abdulla Abdulla esa 43,56 foiz ovoz to`plagan.

Shundan so`ng, Abdulla Abdulla saylov natijalarini tan olmadi va “parallel hukumat”ni tashkil qilish niyatida ekanligini ma`lum qildi.

Ikkala nomzod ham bir-birini saylovda firibgarlik qilganlikda aybladi.

Iyul oyida esa AQSh bosh kotibi Jon Kerri ikki nomzodni ovozlarni qayta hisoblab chiqish kerakligiga ko`ndirgandi.

Шарҳлар