AsosiyDunyo

Fransiya prezidentining sevgilisi yozgan kitobi rekordlar o`rnatmoqda

Avvalgi xabarlarimizda Fransiya prezidenti Fransua Ollandning sobiq sevgilisi jurnalist Valeri Trierveyler davlat rahbari bilan munosabatlari haqida 320 betli kitob yozgani haqida xabar bergandik.

Fransiyada so`nggi yillarda uzoq kutilgan kitob sotuvga chiqishi bilan rekordlar o`rnatmoqda. Trierveylerning mamlakat prezidenti bilan o`tkazgan hayoti haqidagi xotiralari jamoatchilik orasida katta munozara keltirib chiqardi, deb yozadi “Vesti.Ru” nashri.

Xabarda yozilishicha,  kitobni Parijdan topish mumkin, biroq,  kichik shaharlarning kitob do`konlarida qolmagan. Kitob adadi 200 mingga teng, ammo, prezidentning shaxsiy hayoti bilan tanishmoqchi bo`lganlar soni bundan ancha ko`pligi oydinlashmoqda. Tahminiy hisoblarga ko`ra, kitob muallifiga yarim million evro miqdorida foyda keltiradi.

“Bu lahza uchun senga rahmat” (Thank You for This Moment) kitobi – o`ta shaxsiy asar bo`lib, sevgi, ayriliq, kelishmovchilik va insoniy kamchiliklar to`g`risidadir. 

Prezidentning muhtojlar ustidan kulishi haqidagi misralar esa Olland obro`siga katta putur etkazdi.

“U meni kambag`alligim va kelib chiqishim ustidan kulib, Kozetto (Gyugo romanidagi kichik qiz) deb chaqirardi. U hech qachon hech narsaga zor bo`lmagan va muhtojlik nima ekanligi tushunmagan. Unga faqat eng yaxshisi kerak bo`lgan! Men tez ovqatlanish joylarini tanlardim, u esa faqat katta restoranlar. Men kichik, shinamgina mehmonxonalarda qolishni yaxshi ko`rardim, u esa lyuks mehmonxonalardan boshqasini tan olmasdi”,-deb yozadi kitobida Valeri Trierveyler.

Kitobda prezident atrofidagi bir necha shaxslar ham eslab o`tilgan.  Valerining yozishicha, bosh vazir Vals o`zini yaqin do`st qilib ko`rsatgan, ammo, prezident va Trierveyler munosabatlarni to`xtatishganidan  bir oy o`tgach, uning telefon raqamini  eslay ham olmagan. “Barcha yozganlarim haqiqat”, deya qayd qilib o`tadi Trierveyler. “Yolg`on tufayli chekkan azoblarim birovlarni aldashimga imkon bermaydi”,-deya iqtibos keltirilgan kitob muqovasida.

    Boshqa yangiliklar